«PSJ» «Real» qiziqayotgan himoyachi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2029 yilga qadar moʻljallangan.
FOTO: Getty Images
«PSJ» ekvadorlik himoyachi Villian Pachoga shartnomasini uzaytirish boʻyicha yangi taklif yubordi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, tomonlar oʻrtasidagi dastlabki uchrashuv sentyabr oyidayoq boʻlib oʻtgan. Agar 23 yoshli futbolchi yangi bitimga imzo chekadigan boʻlsa, uning shartnomasi 2031 yilning yozida qadar amal qiladi.
Yangi kelishuvda turli yutuqlar uchun maxsus bonuslar ham nazarda tutilgan. Shuningdek, Konurning yozishicha, Pacho bilan «Liverpul» va «Real» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Maʼlumot uchun, Pacho joriy mavsum barcha turnirlarda 7 ta oʻyinda maydonga tushdi. Uning parijliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar moʻljallangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist