\"PSJ\" Ramushni sotishi mumkin. Unga 6 jamoa qiziqish bildirmoqda
Photo: Getty Images
"PSJ" hujumchisi Gonsalu Ramush yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, “PSJ” portugaliyalik hujumchini sotmoqchi emas. Ammo unga boshqa jamoalardan takliflar tushmoqda. "Nyukasl", "Aston Villa", "Napoli" va "Yuventus" qiziqmoqda, biroq "Arsenal" va "Manchester Yunayted" ham potensial da’vogarlar orasida bo‘lishi mumkin.
Fransuz klubi 23 yoshli futbolchi borasida yetarlicha taklif oladigan bo‘lsa, uni sotib yuborishga qarshi emas.
Joriy mavsumda Ramush klublar miqyosida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist