locale OZ

PSJ o'z tarixidagi eng yosh tarkibni maydonga tushirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ o'z tarixidagi eng yosh tarkibni maydonga tushirdi
FOTO: L'Équipe
Liga 1 Fransiya
10.05.2025, Yak.
Montpellier
1
Paris Saint-Germain
4

Fransiya chempionatining 33-turida PSJ safarda “Monpelye” mehmoni bo'ldi va yakunda yirik 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike klub tarixidagi eng yosh tarkibni maydonga tushirdi.

Qayd etilishicha, futbolchilarning o'rtacha yoshi 21 yoshu 251 kunlikni tashkil qilgan.

Jamoaning asosiy futbolchilari Janluiji Donnarumma, Ashraf Hakimi, Markinyos, Uilyam Pacho, Nuno Mendesh, Vitinya, Fabian Ruis va Usmon Dembele zaxirada qoldirilgan.

Eslatib o'tamiz, PSJ ayni dam Liga 1 turnir jadvalida 81 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va parijliklar muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting