locale OZ

PSJ “Lion”ga yordam qo'lini cho'zdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ “Lion”ga yordam qo'lini cho'zdi
FOTO: Getty Images

Fransiyaning PSJ klubi Liga 2'ga tushirib yuborilgan “Lion”ga yordam berishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Julian Froment xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, parijliklar “Lion”ni qo'llab-quvvatlash uchun Bredli Barkolyaning transfer summasini to'liq to'lab beradi. Aslida Liga 1 grandi Barkolyaning tovon pulini bo'lib to'lash sharti bilan 45 million yevroga sotib olgandi.

Biroq PSJ qarzdorlik tufayli Liga 2'ga tushirib yuborilgan “Lion”ga yordam qo'lini cho'zishga qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, Bredli Barkolya 2023-yilning yozidan buyon PSJ safida o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 60 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting