locale OZ

«PSJ» Kamavingani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Fransiyalik futbolchining «Real» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» Kamavingani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
FOTO: Getty Images

«PSJ» Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Eduardu Kamavingaga qiziqish bildirmoqda. Agar manfaatli taklif tushsa, «qaymoqranglilar» 23 yoshli futbolchini sotish variantini jiddiy ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda AS xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Qirollik klubi» 2021 yildan buyon jamoada to‘p surib kelayotgan fransiyalik yarim himoyachining kelajagiga shubha bilan qaramoqda.

Joriy mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mўljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting