locale OZ

«PSJ» Federiko Valverdeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Parijliklar hozirda harakatni boshlab yuborgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» Federiko Valverdeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
FOTO: Getty Images

Fransiyaning «PSJ» klubi Madridning «Real» jamoasi yarimhimoyachisi Federiko Valverdega qiziqish bildirmoqda.

El Chiringuito xabariga ko‘ra, parijliklar allaqachon urugvaylik futbolchining yaqinlari bilan aloqaga chiqqan. Biroq, bu hozircha Valverdening Madridni tark etish niyatida ekanligini yoki klub unga yangi jamoa izlashni aytganini anglatmaydi.

Avvalroq, o‘tgan haftadagi mashg‘ulotlar paytida kiyinish xonasida Valverde va boshqa bir yarimhimoyachi Aurelian Tchuameni o‘rtasida mushtlashuv yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgan edi. To‘qnashuv natijasida urugvaylik futbolchi yiqilib, stolga urilgan va bosh qismidan jarohatini olgan. Mazkur intizomiy qoidabuzarlik uchun klub har ikki futbolchini 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortgan.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda Valverde barcha turnirlar doirasida 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 13 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 120 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting