locale OZ

PSJ “Bavariya” himoyachisining transferi bo'yicha muzokaralar o'tkazmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ “Bavariya” himoyachisining transferi bo'yicha muzokaralar o'tkazmoqda
FOTO: Getty Images

Fransiyaning PSJ klubi “Bavariya”ning 28 yoshli markaziy himoyachisi Kim Min Jega jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Footmercato nashri jurnalisti Santi Auna xabar berdi.

Manbaga ko'ra, shu hafta parijliklar sport direktori Luis Kampos va himoyachining vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan. “Bavariya” transfer uchun 50 million yevro olishi kutilmoqda. Muzokaralar yaqin kunlarda davom etadi.

Qayd etilishicha, koreyalik himoyachiga Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Kim Min Chje o'tgan mavsum barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting