locale OZ

Prev'yu. «Nasaf» — «Qo‘qon-1912»

Uchrashuv 16 oktabr kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prev'yu. "Nasaf" — "Qo‘qon-1912"
Фото: Қўқон-1912 ПФК

Superliganing 25-turida "Qo‘qon-1912" – "Nasaf" o‘zaro bahs olib boradi.

Uchrashuv 16 oktabr kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar

Bu jamoalar shu paytgacha chempionat doirasida 29 marta to‘qnash kelishgan.

"Nasaf" o‘yinlarning 20 tasida g‘alaba qozongan, 5 ta bahsda vakillarimiz qo‘li baland kelgan. To‘rtta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati – 53-27 "Nasaf" foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda "Ajdarlar" 64 ochkoni qo‘lga kiritishgan. "Qo‘qon-1912" ochkosi 19 tani tashkil etadi.

Ertaga bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni Temurbek To‘xtasinov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

"Nasaf" — "Qo‘qon-1912"

16.10.2025, 19:30

Bosh hakam: Temurbek To‘xtasinov

Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov

Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Akmal G‘iyosov

Komissar: Qudrat Madraimov

Boshlanish vaqtlari

"Qo‘qon-1912" – "Nasaf" uchrashuvi 16-oktabr kuni, soat 19:30 da boshlanadi. Uchrashuv Qarshidagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting