Previyu. «Qo‘qon-1912» - «Paxtakor»
Superliga 28-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Paxtakor” uchrashuvi 8-noyabr kuni Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytgacha chempionat doirasida 35 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 6 tasida vakillarimiz zafar quchishgan, 21 ta bahsda “sherlar”ning qo‘li baland kelgan. Sakkizta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati – 92-47, “Paxtakor” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 26 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Paxtakor”ning ochkosi 71 tani tashkil etadi.
Ushbu jamoalarning so‘nggi o‘nta uchrashuvi:
22.06.2025. “Paxtakor” – “Qo‘qon -1912” 2:0
18.10.2022 “Paxtakor” – “Qo‘qon -1912” - 5:2
18.05.2022 "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" 1-1
01.10.2021 "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" 4:2
12.05.2021 “Paxtakor” – “Qo‘qon -1912” - 3:0
20.10.2020 “Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” - 2:1
18.08.2020 "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" 1:3
26.07.2019 “Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” - 3:1
29.06.2019 "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" 1:2
12.08.2018 "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" 1:1