Pol Pogba — \"Monako\" futbolchisi
Photo: Monaco FK
“Monako” o‘zining rasmiy saytida fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
32 yoshli futbolchi bilan kelishuv 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Pogba avvalroq “MYU” va “Yuventus”da to‘p surgan. U Yevropa Ligasi g‘olibi. 4 karra Italiya chempioni, ikki karra Italiya kubogi sohibi, uch karra Italiya superkubogini yutgan.
Fransiya terma jamoasi tarkibida Pol 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Doping sabab 4 yillik diskvalifikatsiya muddati 18 oygacha qisqartirilgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist