Pol Pogba faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi ma'lum bo'ldi
Futbol
15 iyn 2025
da
01:26

Nasrullo Karimov
Журналист

FOTO: Getty Images
Fransiyaning “Monako” klubi Pol Pogba bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda RMC Sport jurnalisti Fabris Xokins xabar berdi.
Manbaga ko'ra, fransiyalik yarim himoyachining o'zi ushbu transferga rozilik bermoqda. Pogba hatto moliyaviy imtiyozlarga ham tayyor.
32 yoshli futbolchi “Monako” bilan kelishuvga erishsa, oilasini Fransiyaning janubiga ko'chirish uchun hamma narsani tayyorlab qo'ygan.
Eslatib o'tamiz, Pogba antidoping qoidalarini buzganligi uchun diskvalifikatsiya qilingan va hozirda erkin agent hisoblanadi. U oxirgi marta 2023-yilning 3-sentyabrida maydonga tushgan.
Mashhur yangiliklar

Futbol
Bugun da 15:36

Futbol
Bugun da 13:31

Futbol
Bugun da 09:57
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting