Pogba qachon maydonga qaytishi maʼlum boʻldi
«Monako» yarimhimoyachisi Pol Pogba Fransiya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan «Renn»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Bu haqda L'Equipe nashri xabar berdi.
Ta’kidlash joiz, 32 yoshli futbolchi uchun bu o‘yin 26 oylik tanaffusdan keyingi ilk rasmiy uchrashuv bo‘ladi.
Eslatib oʻtamiz, Pogba mashg‘ulot vaqtida to‘qnashuv natijasida tovonidan jarohat olgan edi, undan avval esa o‘ng son mushagi cho‘zilishi sababli tiklanish jarayonida bo‘lgan.
Futbolchi hali «Monako» safida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan. Uning oxirgi o‘yini 2023 yil sentyabr oyiga to‘g‘ri keladi — u «Yuventus» tarkibida «Empoli»ga qarshi bahsda 28 daqiqa maydonda bo‘lgan.
Maʼlumot uchun, Pogba 2025 yilning yozida dopingga oid diskvalifikatsiya muddati yakunlangach, erkin agent sifatida «Monako» klubiga qo‘shilgan edi.