locale OZ

Pogba «Monako»dagi debyutidan soʻng taʼsirli izoh yozdi

Fransiyalik yarimhimoyachi 881 kunlik tanaffusdan soʻng yana maydonga qaytdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pogba «Monako»dagi debyutidan soʻng taʼsirli izoh yozdi
FOTO: Getty Images
Liga 1 Fransiya
29.11.2025, Yak.
Monaco
1
Paris Saint-Germain
0

«Monako» yarimhimoyachisi Pol Pogba Liga 1'ning 13-turida «Renn»ga qarshi o‘yindan so‘ng futbolga qaytishi haqida fikr bildirdi. Fransiyalik futbolchi 85-daqiqada maydonga tushdi, biroq jamoasi 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Pogba o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida shunday yozdi:

«Kecha unutilmas tun bo‘ldi. Ikki yillik tanaffusdan so‘ng maydonga qaytish men uchun so‘z bilan ifoda etib bo‘lmaydigan darajada katta ahamiyatga ega edi. Menga muhabbat, energiya va ishonch bergan barcha muxlislarga rahmat.

Meni qo‘llab-quvvatlagan, yonimda bo‘lgan va yo‘limning har bir lahzasidan o‘tishda yordam berganlarga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Bu debyut faqat meniki emas edi… u meni hech qachon yolg‘iz tark etmagan sizlarning barchangizga tegishli».

Ma’lumot uchun, Pogba jarohatlar va doping sababli 881 kun davomida maydonga tushmagan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting