locale OZ

Pedroning \"Latsio\"dagi kelajagi ma'lum bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedroning "Latsio"dagi kelajagi ma'lum bo‘ldi
Photo: Getty Images

Rimning "Latsio" klubi ispaniyalik hujumchi Pedro bilan hamkorlikni davom ettiradi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Qayd etilishicha, "burgutlar" rahbariyati futbolchining tajribasiga ishonadi va uni jamoada qolishini istagan. Tomonlar allaqachon kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Qayd etilishicha, 37 yoshli ispaniyalik "Latsio" bilan 2026 yilning yozigacha qoladigan bo‘ldi. Futbolchining maoshi oshishi yoki pasayishi haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Pedro "Latsio"da 2021 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda va jamoaga erkin agent sifatida o‘tgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting