locale OZ

\"Paxtakor\" O'zbekiston kubogidagi eng yirik g'alabasini qo'lga kiritdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Paxtakor" O'zbekiston kubogidagi eng yirik g'alabasini qo'lga kiritdi
PHOTO: Instagram

Toshkentning "Paxtakor" klubi O'zbekiston kubogi guruh bosqichi doirasida "Navoiy FA" mehmoni bo'ldi va 9:0 hisobida zafar quchdi. E'tiborliisi bu g'alaba "sherlar" uchun mamlakat kubogi bahslaridagi eng yirik g'alaba bo'ldi.

Bunga qadar kubokdagi eng katta g'alaba 1998 yilda qo'lga kiritilgan edi. O'shanda 1/8 finalda Zangiotaning "Lochin" klubi 9:1 hisobida taslim etilgandi.

Ma'lumot uchun, "Paxtakor"ning O'zbekiston chempionatlaridagi eng yirik g'alabasi 2007 yil "Qizilqum" ustidan qo'lga kiritilgan - 11:0.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting