locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Paxtakor” “Navoiy FA” darvozasiga javobsiz to'qqizta to'p kiritdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Paxtakor” “Navoiy FA” darvozasiga javobsiz to'qqizta to'p kiritdi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi 2-turidan o'rin olgan bahsda “Paxtakor” “Navoiy FA” maydoniga safar qildi va o'ta yirik hisobda g'alaba qozondi.

Uchrashuvda Muhammadali O'rinboyev va Saidumarxon Saidnurullayev dublni rasmiylashtirgan bo'lsa, Bashar Resan, Brayan Riaskos, Otabek Jumanqo'ziyev, Muhammadrasul Abdumajidov va Diyor Xolmatovlar bittadan golga mualliflik qilishdi.

Shu tariqa, “sherlar” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 6 taga yetkazib olib, “H” guruhida peshqadamlikni o'z qo'liga oldi.

O'zbekiston Kubogi | 2-tur

“Navoiy FA” 0:9 “Paxtakor”

Gollar: Bashar Resan 19' (0:1), Brayan Riaskos 28' (0:2), Otabek Jo‘raqo‘ziyev 41' (0:3), Muhammadali O'rinboyev 50' (0:4), Muhammadrasul Abdumajidov 52' (0:5), Muhammadali O'rinboyev 72' (0:6), Diyor Xolmatov 77' (0:7), Saidumarxon Saidnurullayev 88' (0:8), Saidumarxon Saidnurullayev 90+1' (0:9).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting