locale OZ

Pavar «Lans»dan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng «Marsel» muxlislaridan uzr soʻradi

Uchrashuvda fransiyalik himoyachi avtogol muallifi boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pavar «Lans»dan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng «Marsel» muxlislaridan uzr soʻradi
FOTO: Getty Images
Liga 1 Fransiya
25.10.2025, Yak.
Lens
2
Marseille
1

29 yoshli fransiyalik himoyachi Benjamin Pavar «Marsel» muxlislaridan Liga 1'ning 9-turida «Lans»dan (1:2) uchralgan magʻlubiyat uchun uzr soʻradi.

«Marsel» muxlislari, meni kechiring. Bu magʻlubiyat uchun javobgarlik menda. Xatolarga yoʻl qoʻydim va ular uchun toʻliq javobgarman. Bu futbolkani kiyganingda, sen muqassal boʻlishing shart.

Sizlarning ishonchingizni qayta qozonish uchun bor kuchimni ishga solaman. Qiyin damlarda ham qoʻllab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat. Biz birga qayta tiklanamiz», — dedi Pavar.

Maʼlumot uchun, Pavar «Lans»ga qarshi bahsda penaltiga sababchi boʻldi, shuningdek, 53-daqiqada kutilmaganda oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi.

Hozirda «Marsel» 18 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida 3-oʻrinda bormoqda. «PSJ» esa 20 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting