locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Xorazm” yuz foizlik natija bilan keyingi bosqichga yo'l oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Xorazm” yuz foizlik natija bilan keyingi bosqichga yo'l oldi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan “Xorazm” va “Sirdaryo FA” o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi va unda mezbonlar yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 13-daqiqada Murodbek Bobojonov tomonidan ochildi (1:0). 54-daqiqada Danila Yejov farqni ikkitaga yetkazdi (2:0).

61-daqiqada Azizjon Ahrorov o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan bo'lsa (3:0), 66-daqiqada Danila Yejov dublni rasmiylashtirdi (4:0).

Shu tariqa, “Xorazm” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 9 taga yetkazib olib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

O'zbekiston Kubogi | “I” guruhi, 3-tur

“Xorazm” 4:0 “Sirdaryo FA”

Gollar: Murodbek Bobojonov 13' (1:0), Danila Yejov 54' (2:0), Azizjon Ahrorov 61' (3:0), Danila Yejov 66' (4:0).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting