locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Xorazm” “Jayxun”ni mag'lub etib, guruh peshqadamiga aylandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Xorazm” “Jayxun”ni mag'lub etib, guruh peshqadamiga aylandi
FОТО: FC Xorazm

O'zbekiston Kubogi 2-turida o'rin olgan “Xorazm” - “Jayxun” uchrashuvi o'z yakuniga yetdi va unda mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 44-daqiqada Danila Yejov tomonidan ochildi (1:0). 56-daqiqada “Jayxun” darvozasi tomon penalti belgilandi. Biroq Hazratjon Tursunqulov nuqtada adashdi.

57-daqiqada esa Sunnatillo Abdullajonov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0). Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Shuhrat Daryabayev “Jayxun”ning yagona javob to'pini kiritdi. (2:1).

Biroq oradan hech qancha vaqt o'tmasdan Murodbek Bobojonov hisobdagi farqni yana ikkitaga yetkazib qo'ydi (3:1).

Shu tariqa, “Xorazm” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 6 taga yetkazib olib, “I” guruhida peshqadamlikni o'z qo'liga oldi.

O'zbekiston Kubogi | 2-tur

“Xorazm” 3:1 “Jayxun”

Gollar: Danila Yejov 44' (1:0), Sunnatillo Abdullajonov 57' (2:0), Shuhrat Daryabayev 90+1' (2:1), Murodbek Bobojonov 90+2' (3:1).

Foydalanilmagan penalti: Hazratjon Tursunqulov 56'.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting