locale OZ

O‘zbekiston kubogi. \"Surxon\" — \"Dinamo\" uchrashuvi oldidan

Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
O‘zbekiston kubogi. "Surxon" — "Dinamo" uchrashuvi oldidan
Photo: Surkhan PFC

O‘zbekiston kubogining 2-turi doirasida "Surxon" va "Dinamo" klublari Termizdagi "Surxon Arena"da to‘qnash kelishadi.

"Dinamo" haqida ma'lumot

Samarqandning “Dinamo” jamoasi 2025 yilgi mavsumni ko‘tarinki ruhda boshladi. Hozirga qadar “dinamochilar” ham Superliga, ham O‘zbekiston Kubogi uchrashuvlarida biror marta mag‘lubiyatga uchramagan.

Superligada Vadim Abramov shogirdlari 4-o‘rinda bormoqda. Kubok musobaqasida ham “Dinamo” birinchi turda g‘alaba qozongan. Hozirgi holatda ham “Dinamo”, ham “Surxon” Kubok bahslarida 3 ochkodan jamg‘argan. Shu sababli, bu safargi o‘zaro uchrashuv har ikki jamoa uchun peshqadamlik bahsi hisoblanadi.

“Surxon”ning so‘nggi 5 o‘yini

- 26.04.2025. Superliga, 7-tur: Mash‘al — Surxon 0:0
- 21.04.2025. Superliga, 6-tur: Surxon — Navbahor 1:0
- 17.04.2025. O‘zbekiston Kubogi, 1-tur: Andijon — Surxon 2:3
- 13.04.2025. Superliga, 5-tur: Nasaf — Surxon 1:0
- 04.04.2025. Superliga, 4-tur: Surxon — Qo‘qon-1912 3:1

“Dinamo”ning so‘nggi 5 o‘yini

- 20.04.2025. Superliga, 6-tur: Andijon — Dinamo 1:2
- 16.04.2025. O‘zbekiston Kubogi, 1-tur: Dinamo — Lochin 3:1
- 12.04.2025. Superliga, 5-tur: Dinamo — So‘g‘diyona 1:1
- 06.04.2025. Superliga, 4-tur: OKMK — Dinamo 0:0
- 29.03.2025. Superliga, 3-tur: Paxtakor — Dinamo 0:1

Uchrashuv tafsilotlari
Mazkur bahs ertaga, 19:15 da Surxon Arena stadionida bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvni FUTBOL TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

29 aprel, seshanba
SURXON - DINAMO
Termiz, Surxon Arena, 19:15
Bosh hakam: Akobir Shukurullayev
Yordamchi hakamlar: Sardor Sodiqov, Abduaziz Abduhamitov
Nazoratchi: Azamat Jalilov
Komissar: Jalolxon Inog‘omxo‘jayev

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting