locale OZ

O‘zbekiston kubogi. «So‘g‘diyona» Muborakda «Mash’al»ni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Muborak klubi guruh bosqichidayoq turnir bilan xayrlashadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston kubogi. “So‘g‘diyona” Muborakda “Mash’al”ni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi
Фото: Машъал ПФК

O‘zbekiston kubogi 2-turida “Mash’al” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 2:1 hisobida jizzaxliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda “So‘g‘diyona” safida Abdullazizxon Abdurashidov va Ollobergan Karimov gollarga mualliflik qildi. “Gazchilar”ning yagona goli Ibrohim G‘anixonov hisobiga yozildi.

Shu tariqa, Ulug‘bek Baqoyev jamoasi ochkolar sonini 6 taga yetkazib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. “Mash’al” esa guruh bosqichida qolib ketishi aniq bo‘ldi.

O‘zbekiston kubogi. 2-tur
Mash’al – So‘g‘diyona 1:2
Gollar: Ibrohim G‘anixonov 68 — Abdullazizxon Abdurashidov 8, Ollobergan Karimov 45+1.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting