locale OZ

Ildar Sakayev: Ertaga rahbariyat bilan bu vaziyatdan qanday chiqib ketish borasida gaplashib olamiz

O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Mash’al" - "So‘g‘diyona" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ildar Sakayev fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ildar Sakayev: Ertaga rahbariyat bilan bu vaziyatdan qanday chiqib ketish borasida gaplashib olamiz
photo: Mash'al fk

O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Mash’al" - "So‘g‘diyona" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ildar Sakayev fikrlarini bildirdi.


"Nima ham deyish mumkin? Vaziyatlardan samara chiqara olayotganimiz yo‘q. Bizga esa tushunarsiz gollar kirib ketdi. Ochig‘i murabbiylik faoliyatimda bunday holatga birinchi marotaba duch kelyapman. Ishonsangiz o‘yindan oldingi ko‘rsatma 10 daqiqa bo‘ldi. Yigitlarga biz uyda, muxlislarimiz qarshisida o‘ynayapmiz, mana tarkib, ular uchun o‘ynang dedim. Harakat qildik, lekin yetarli bo‘lmadi. Futbolchilar ishonchni yo‘qotib qo‘yishgan. Barchalari yosh bola emas, katta futbolchi. Hamma gap ruhiyatda qolmoqda",- deydi Ildar Sakayev.

- Humoyun Murtozayevning jismoniy holati bugungi o‘yinga tayyor emasdek ko‘rindi...

- Humoyun astoydil harakat qildi. U katta hajmdagi ishni bajaryapti. Faqat gol urish kerak. G‘alaba orqali qolgan ishlar ham o‘nglanadi. Ishonch qaytadi. Yana qaytaraman ruhiyat borasida muammolar bor. Ertaga rahbariyat bilan bu vaziyatdan qanday chiqib ketish masalasini gaplashib olamiz. Kurash oxirigacha davom etadi. Muborakda futbolni yaxshi ko‘rishadi, shuning uchun bugun muxlislar tashrif buyurishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting