locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Qo'qon-1912” “Qizilqum”ni mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Qo'qon-1912” “Qizilqum”ni mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi
FОТО: FC QO'QON-1912

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan bahsda “Qo'qon-1912” o'z maydonida “Qizilqum”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 25-daqiqada Shahzod Turopov tomonidan ochildi (0:1). 32-daqiqada esa Husniddin G'ofurov penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi (1:1).

85-daqiqada Shahzod Beshimov mezbonlarning g'alaba goliga mualliflik qildi (2:1).

Shu tariqa, “Qo'qon-1912” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 7 taga yetkazib olib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

O'zbekiston Kubogi | “F” guruhi, 3-tur

“Qo'qon-1912” 2:1 “Qizilqum”

Gollar: Shahzod Turopov 25' (0:1), Husniddin G'ofurov 32' pen (1:1), Shahzod Beshimov 85' (2:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting