locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Qo'qon-1912” “Andijon FA” darvozasiga javobsiz yettita to'p kiritdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Qo'qon-1912” “Andijon FA” darvozasiga javobsiz yettita to'p kiritdi
FОТО: FC Qo'qon-1912

O'zbekiston Kubogi 2-turidan o'rin olgan bahsda “Qo'qon-1912” safarda “Andijon FA” mehmoni bo'ldi va 7:0 hisobida g'alaba qozondi.

Gollarning barchasi ikkinchi bo'limda kiritildi. Dastlab Shahzod Beshimov 48-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, 59-daqiqada dublni rasmiylashtirdi (0:2).

Javohir Husanov esa 72 va 73-daqiqada gollar kiritib, hisobni yirik ko'rinishga olib keldi (0:4).

Oradan uch daqiqa o'tib Bekjon Jo'raboyev jamoasining beshinchi goliga mualliflik qilgan bo'lsa, Yegor Kondryatiuk 80-daqiqada hisobni 6:0 ko'rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Shahzod Beshimov xet-trik muallifiga aylandi (0:7).

Shu tariqa, “Qo'qon-1912” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 4 taga yetkazib, “F” guruhida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

O'zbekiston Kubogi | 2-tur

“Andijon FA” 0:7 “Qo'qon-1912”

Gollar: Shahzod Beshimov, 48 (0:1), Shahzod Beshimov, 59 (0:2), Javohir Husanov, 72 (0:3), Javohir Husanov, 73 (0:4), Bekjon Jo‘raboyev, 76 (0:5), Yegor Kondryatiuk, 80 (0:6), Shahzod Beshimov, 90+2 (0:7).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting