O‘zbekiston kubogi. Guliston qayta tashkil etilganidan so'ng birinchi urinishdayoq D guruhida 6 ochko to‘plab, pley-offga yo‘llanma oldi
O‘zbekiston kubogi 3-turida «Guliston» futbol klubi Superliganing 11 ta turidan so‘ng 3-o‘rinda borayotgan va o‘tgan yilgi turnir finalchisi «Buxoro»ni uyda qabul qildi.
Bellashuv murosasiz va kurashlarga boy tarzda kechdi va unda mezbonlar 4:1 hisobda g‘alaba qozondi. O‘yinda dastlab mehmonlar 9-daqiqada Shahzodbek Ubaydullayevning golidan so‘ng hisobni ochdi. 27-daqiqada Alisher Sobirjonov supergol urib, muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘limning so‘nggida esa Asilbek Umirzaqov tanaffusga ustunlik bilan yo‘l olishini ta’minladi.
Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan gulistonliklar Superliga jamoasidan aslo qolishmasdan harakat qildi. 72-daqiqada Umirzoqov dublni rasmiylashtirdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Shohnazar Norbekov raqib kiperi bilan yakkama-yakka chiqib borib, Shirinboy Abdullayevni ojiz qoldirdi.
Shu tariqa, Guliston qayta tashkil etilganidan so'ng birinchi urinishdayoq D guruhida 6 ochko to‘plab, pley-offga yo‘llanma oldi.
O‘zbekiston kubogi. 3-tur
GULISTON — Buxoro 4:1 (2:1)
26-may. «Yangiyer». «Markaziy» o‘yingoh. 550 tomoshabin.
Gollar: Shahzodbek Ubaydullayev, 9 (0:1), Alisher Sobirjonov, 27 (1:1), Asilbek Umirzoqov, 45+2 (2:1), Asilbek Umirzoqov, 72 (3:1), Shoxnazar Norbekov, 76 (4:1)
Bosh hakam: Dias Galeyev
Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Sherzod A’zamov
Zaxira hakami: Sanjar Ahmadov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
Komissar: Diyor Xotamqulov.
Guliston — 12.Sarvar Husanov, 3.Asliddin Smoilov, 5.Ozodbek Rajabov, 8.Bunyod Shodiyev, 9.Alisher Sobirjonov (14.Isroil Malikov, 87), 10.Shohnazar Norbekov (15.Behruz Abdullayev, 83), 11.Azamat Abduhalilov, 17.Ixtiyor Toshpo‘latov, 19.Shahzodbek Gʻofurbekov, 21.Asilbek Umirzaqov (25.Shohjahon Yunusov, 90+4), 23.Turdibek Omonov.
Zaxira: 16.Asadbek Ergashev, 2.Xurshid Odiljonov, 7.Muhammad Isayev, 18.Otabek Ismatullayev, 20.Otabek Kabulov, 22.Azimjon Mamatqulov.
Buxoro — 1.Shirinboy Abdullayev, 2.Velko Filipovich, 5.Sardor Qulmatov (11.Temur Mamasidiqov, 46), 6.Ravshan Xayrullayev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 10.Shahzod Ubaydullayev (70.Og‘abek Mahmadaminov, 75), 21.Mixeil Basheleishvili (8.Anvarjon Jo‘rayev, 64), 27.Muhammad Yo‘ldoshev, 78.Vladimir Rodich (77.Asilbek Qayumov, 75), 88.Dominik Begich (22.Asadbek Jo‘raboyev, 64), 97.Shahboz Jo‘rabekov.
Ogohlantirishlar: Asilbek Umirzaqov 90+3 – Sardor Qulmatov 44, Velko Filipovich 72.