locale OZ

Abbos Ergashev: «Raqibga mos taktika ishlab chiqqan edik. Bu rejalar hammasi o‘xshadi»

O‘zbekiston kubogi 3-turidan o‘rin olgan «Guliston» - «Buxoro» (4:1) o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Abbos Ergashev o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbos Ergashev: «Raqibga mos taktika ishlab chiqqan edik. Bu rejalar hammasi o‘xshadi»
photo: Guliston FK

O‘zbekiston kubogi 3-turidan o‘rin olgan «Guliston» - «Buxoro» (4:1) o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Abbos Ergashev o‘z fikrlarini bildirdi.

«Sirdaryolik barcha muxlislarni tabriklayman. Klub rahbarlari, viloyatdagi futbolga aloqadar insonlarni g‘alaba bilan qutlayman. O‘yinga kelsak, raqibga mos taktika ishlab chiqqan edik. O‘ylaymanki, bu rejalar hammasi o‘xshadi. Raqib Superliga jamoasi bo‘lgani sababali tarkib to‘liq kuchli edi. Biz qarshi hujum taktikasini tanlab uchrashuvda g‘alaba qozondik.

Raqib jamoaning mag‘lubiyatiga nima sabab bo‘lganini ayta olmayman. Bilganim shuki, biz g‘alaba qozonishni juda istagandik. Bunga erishish uchun oxirigacha harakat qildik va yakunda maqsadga erishdik», — dedi Ergashev o‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting