O‘zbekiston kubogi. «Dinamo» o‘z maydonida «Sho‘rtan»ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi
Фото: Динамо ПФК
O‘zbekiston kubogi chorak finalida "Dinamo" klubi Samarqandda "Sho‘rtan"ni qabul qildi.
Uchrashuv 3:0 hisobida mezbonlarning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
Avval 19-daqiqada Firdavs Abdurahmonov hisobni ochdi. Tanaffus oldidan Abror Toshqo‘ziev o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. 77-daqiqada esa Jahongir O‘rozov yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa, "Dinamo" yarim finalga uchinchi bo‘lib yo‘llanma oldi.
O‘zbekiston kubogi. Chorak final
Dinamo – Sho‘rtan
Gollar: Firdavs Abdurahmonov, 19 (1:0), Abror Toshqo‘ziev, 39 avtogol (2:0), Jahongir O‘rozov, 77 (3:0)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist