locale OZ

Ouen: «Agar Ronaldu Oʻzbekistonga qarshi bahsda het-trik qilsa, hayron boʻlmayman»

Portugaliya – Oʻzbekiston oʻyini 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ouen: «Agar Ronaldu Oʻzbekistonga qarshi bahsda het-trik qilsa, hayron boʻlmayman»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
23.06.2026, Yak.
Portugaliya
5
O‘zbekiston
0

Angliyalik mashhur sobiq futbolchi Maykl Ouen Oʻzbekiston – Portugaliya oʻyini haqida fikr bildirdi.

"Messining Portugaliya bilan oʻyin arafasidagi het-triki Krishtianuga yordam bermaydi, lekin men uni tanqid qilmayman. Portugaliya Kongo qarshi oʻyinda oʻzining eng yaxshi oʻyinini koʻrsata olmadi va tanqidlarning aksariyati Ronalduning jamoa uchun muammo boʻlayotgani bilan bogʻliq.

Agar u gol ura olmasa, uni ayblash juda oson. U 41 yoshda va yoshga bogʻliq muammolar paydo boʻladi.

Bu ilgari ham koʻp marotaba sodir boʻlgan va u keyingi oʻyinda hammani jim qilgan. Agar u Oʻzbekistonga qarshi bahsda het-trik bilan javob qaytarsa, men ajablanmagan boʻlardim", – deb yozadi Daily Mail nashri Ouenning soʻzlaridan iqtibos keltirgan holda.

Maʼlumot uchun, Portugaliya – Oʻzbekiston oʻyini 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting