Osiyo Elit chempionlar ligasi. Final. Al Ahli qo'shimcha daqiqalardagi gol evaziga yaponiya klubini mag'lub qildi
Osiyo Elit chempionlar ligasining final o'yini bo'lib o'tdi. Al Ahli qo'shimcha daqiqalardagi gol evaziga Machidani mag'lub qildi. Bahsdagi yagona golni 96-daqiqada Firas Al-Buraikan kiritdi.
Elit OCHL. Final
Al Ahli – Machida 1:0
Gol: Al Buraykan 96
Al Ahli – Mendi, Hamidou, Demiral, Ibanes, Al Hovsavi, Atanaga, Kessiye, Mahrez, Millot, Galeno, Touni.
Machida – Tani, Shoji, Okamura, Nakayama, Nakamura, Mae, Lavi, Hayyashi, Yeng, Erik, Soma.
Ushbu uchrashuvda bir nechta oʼzbekistonlik mutaxassislar faoliyat olib borishdi.
Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar
Avaz Berdiqulov — musobaqa direktori
Ahmed Tillayev — OFK media
Muhammad-Sodiq Sodiq-Ohunov — stadion koordinatori
Maftuna Zakirova — Protokol menedjeri
Islom Roʼziyev — OFK fotografi