locale OZ

O‘rtoqlik uchrashuvi. «Barselona»dan yirik g‘alaba

Kataloniyaliklar yangi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinini 23 avgust kuni “Elche”ga qarshi o‘tkazadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik uchrashuvi. “Barselona”dan yirik g‘alaba
ФОТО: Getty images

“Barselona” yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. 24 iyul kuni Hans-Diter Flik shogirdlari yozgi yig‘in doirasidagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

“Ko‘k-anorranglilar”ning raqibi Barselona shahrida joylashgan “Evropa” klubi bo‘ldi. Ushbu jamoa Ispaniya futbolining 3-divizionida ishtirok etadi.

“Barselona” va “Evropa” o‘rtasidagi uchrashuv yopiq tartibda o‘tkazildi. Flik shogirdlari 4:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

Ma’lumot o‘rnida, kataloniyaliklar yangi mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinini 23 avgust kuni “Elche”ga qarshi o‘tkazadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi.
Barselona – Evropa 4:1

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting