Onana faoliyatini Saudiya chempionatida davom ettirishi mumkin — Romano
Photo: Getty Images
“Manchester Yunayted” darvozaboni Andre Onana faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Hozircha nomi oshkor qilinmagan Saudiya klubi yozda kamerunlik posbonni sotib olishga harakat qiladi. Ammo Onana kelajagi borasida bir to'xtamga kelmagan. U “qizil iblislar”ning asosiy tarkibiga qaytishni istaydi.
Ma'lumot uchun, Onana “Manchester Yunayted” safida 94 ta o'yinda maydonga tushib, 139 ta gol o'tkazib yuborgan. Transfermarkt portali kamerunlik futbolchini 32 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist