Olmo «Barselona» mashg'ulotlariga qaytdi
Photo: Getty Images
"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo jamoa bilan mashg'ulotlarga kirishdi. Bu haqda EasportsRAC1 xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchi sog'lig'idagi barcha muammolarni hal qilgan va "ko'k-anorranglilar" bilan mashg'ulotlarni boshlab yuborgan.
O'tgan mavsumda 27 yoshli ispaniyalik Olmo barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 7 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 60 mln yevroga baholamoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor