locale OZ

Olise faoliyatida ilk bor qizil kartochka oldi

24 yoshli futbolchining professional faoliyatidagi ilk chetlatish bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olise faoliyatida ilk bor qizil kartochka oldi
Фото: Getty Images
Chempionlar ligasi
13.10.2026, Yak.
Viking
3
Bavariya
3

«Bavariya» vingeri Maykl Olise Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida «Viking»ga qarshi kechgan bahsni muddatidan oldin yakunladi. Fransiyalik futbolchi 73-daqiqada bir epizodning o‘zida ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.

WhoScored ma’lumotiga ko‘ra, bu 24 yoshli futbolchining professional faoliyatidagi ilk chetlatish bo‘ldi. Olise bundan avvalgi qizil kartochkasini 2019-yil boshida Angliyaning «Reading» klubi yoshlar jamoasida to‘p tepgan vaqtida olgan.

Eslatib o‘tamiz, Olise chetlatilganidan so‘ng bir kishi kam bo‘lib qolgan «Bavariya» g‘alabani saqlab qola olmadi. Norvegiya jamoasi 90-daqiqada hisobni tenglashtirib, 3:3 hisobidagi durangni qayd etdi. Bahs davomida «Viking» 2:0 hisobida ham oldinda borayotgandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting