Kompani: «Aybdor to‘liq o‘zimizmiz»
«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turida «Viking» bilan kechgan 3:3 hisobidagi durangdan so‘ng jamoasi o‘yinini tahlil qildi.
«Aybdor to‘liq o‘zimizmiz. Dam olish kunlaridagi «Augsburg»ga qarshi bahsda bo‘lgani kabi, bugun ham o‘yinni nazorat qildik. Ijobiy jihatlarni ham ko‘rsatish mumkin, o‘yinimizning umumiy sifati unchalik yomon emasdi. Ammo diqqatni yo‘qotish va ayrim vaziyatlarda yetarlicha oqilona qarorlar qabul qilmaslik tufayli xatolarga yo‘l qo‘ymoqdamiz.
«Augsburg»ga qarshi bahsda o‘yin boshlanganidan sakkiz soniya o‘tib gol o‘tkazdik, bugun esa bir yarim daqiqada shunday holat yuz berdi. Bundan tashqari, raqibning deyarli har bir xavfli vaziyati gol bilan yakunlanayotgandek taassurot bor. Biroq bularning hech biri bizni oqlamaydi, chunki o‘zimizni shunday vaziyatlarga solib qo‘yyapmiz», — dedi Kompani.