Noyer Bundesligada oʻyin oʻtkazish boʻyicha ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi
Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer Bundesligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan posbonlar ro‘yxatida top-2 qatoriga kirib oldi. Bu haqda Opta xabar berdi.
Bundesliganing 12-turidan o‘rin olgan «Bavariya» — «Sankt-Pauli» uchrashuvi Noyer uchun Germaniya chempionatidagi 534-o‘yinga aylandi. Shu tariqa u o‘tgan asrda «Borussiya Dortmund» va «Shtutgart» safida to‘p surgan Ayke Immelning ko‘rsatkichiga yetib oldi. Reytingda birinchi o‘rinda esa afsonaviy Oliver Kan (557 o‘yin) barchadan oldinda bormoqda.
Manuel Noyer «Bavariya» safida 2011 yildan beri o‘ynamoqda. Shu vaqt ichida u 12 marta Germaniya chempioni bo‘lgan, besh bor mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan va sakkiz marta Superkubokda g‘olib chiqqan. Shuningdek, tajribali darvozabon Chempionlar Ligasi g‘olibi unvonini ikki marta qo‘lga kiritgan.