locale OZ

Bundesliga. «Bavariya» soʻnggi daqiqalarda gʻalabani tortib oldi

Germaniya chempionatining 12-tur oʻyinlari start oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bundesliga. «Bavariya» soʻnggi daqiqalarda gʻalabani tortib oldi
FOTO: Getty Images
Bundesliga Germaniya
29.11.2025, Yak.
Bavariya
3
Sankt-Pauli
1

Germaniya Bundesligasining 12-turidan o‘rin olgan «Bavariya» — «Sankt-Pauli» uchrashuvi yakuniga yetdi. «Arena Myunxen» stadionidagi bellashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuv juda erta gol bilan boshlandi: 6-daqiqada Andrea Untondji mehmonlarni oldinga olib chiqdi. «Bavariya» birinchi bo‘lim oxirida hisobni tenglashtirdi — 44-daqiqada Rafael Gerreyru aniq zarba bilan javob qaytardi.

Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda myunxenliklar o‘yinni o‘z foydasiga og‘dirib oldi: 90+4-daqiqada Luis Dias g‘alaba golini urdi, 90+7-daqiqada esa Nikolas Jekson hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

Mazkur natijadan so‘ng «Bavariya» 34 ochko bilan Germaniya chempionatida peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Sankt-Pauli» esa atigi 7 ochko bilan turnir jadvalida 17-o‘rinda qolmoqda.

Keyingi turda myunxenliklar 6 dekabr kuni safarda «Shtutgart»ga qarshi maydonga tushadi. Xuddi shu kuni «Sankt-Pauli» ham safarda «Kyoln»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting