«Bavariya» bir oʻyinda gol urish boʻyicha Bundesliga rekordini takrorladi
Avvalgi rekord ham myunxenliklarga tegishli edi.
FOTO: Getty Images
Bundesliga Germaniya
29.11.2025, Yak.
Bavariya
3
Sankt-Pauli
1
Bundesliga 12-turi doirasida «Bavariya» o‘z maydonida «Sankt-Pauli»ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, liga rekordlaridan birini takrorladi.
Myunxenliklar Bundesligadagi ketma-ket 20 ta o‘yinda ikki va undan ortiq urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu natija Pep Gvardiola boshqargan «Bavariya» 2013/2014 yilgi mavsumida o‘rnatgan rekordini takrorladi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng «Bavariya» 34 ochko bilan Germaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa eng yaqin ta’qibchidan sakkiz ochkoga oldinda bormoqda.
Keyingi turda myunxenliklar safarda «Shtutgart»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 6 dekabr kuni, Toshkent vaqti bilan 20:30 da «Shtutgart Arena»da start oladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist