locale OZ

Neymar Yevropaning super klubiga o'tmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar Yevropaning super klubiga o'tmoqchi
FOTO: Getty Images

Xabaringiz bor, braziliyalik hujumchi Neymar qishki transferlar vaqtida “Santos”ga qaytdi va qisqa muddatli shartnoma imzoladi. Bitim joriy mavsum so'nggiga qadar davom etadi.

Todofichajes nashrining xabariga ko'ra, Neymar “Barselona”ga qaytmoqchi. 33 yoshli futbolchi sobiq jamoasi bilan munosib tarzda xayrlashish niyatida.

Biroq, “Barselona” Neymarni ortga qaytarishga rozi bo'ladimi yoki yo'q, bunisi noma'lum.

Eslatib o'tamiz, Neymarning PSJ'ga transferi tarixdagi eng yirik transfer bo'lib turibdi. 2017-yilda parijliklar braziliyalik hujumchi uchun kataloniyaliklar hisobiga 222 million yevro o'tkazib bergandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting