“Neftchi” Keniya terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
Masud Juma erkin agent sifatida Farg‘ona klubiga qo‘shilishi ehtimoli bor
Rasm: Instagram
Farg‘onaning “Neftchi” klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida. Bu haqda insayder Narzulla Saydullayev xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa Keniya terma jamoasi futbolchisi Masud Jumani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
29 yoshli hujumchi hozirda erkin agent hisoblanadi va unga to‘lovsiz shartnoma taklif etilishi mumkin.
Ayni paytda futbolchining maoshi bilan bog‘liq ma’lumotlar oshkor qilinmagan. Uning bozor qiymati 100 000 yevroga baholanmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor