locale OZ

\"Napoli\" Sanchoga taklif tayyorlamoqda

Futbolchi APLni tark etishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Napoli" Sanchoga taklif tayyorlamoqda
Photo: Getty Images

“Manchester United” vingeri Jeydon Sancho faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marzio xabar berishicha, 25 yoshli futbolchiga “Napoli” qiziqish bildirmoqda. Klub Sancho bo‘yicha taklif tayyorlamoqda.

Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, ingliz vingerining bozor qiymati — 28 million yevroni tashkil etadi.

O‘tgan mavsumda Sancho “Chelsea”da ijarada o‘ynagan va barcha musobaqalar doirasida 42 ta o‘yinda 5 ta gol urib, 10 ta golga assistentlik qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting