locale OZ

“Napoli” prezidenti Kontega omad tiladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Napoli” prezidenti Kontega omad tiladi
FOTO: Getty Images

“Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontega kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Avvalroq, mutaxassis neapolliklarni tark etishi va katta ehtimol bilan “Yuventus”ga qaytishi haqida xabarlar tarqalgandi.

“Kontega professional faoliyatida muvaffaqiyatlar tilayman. U hurmatga loyiq inson, chunki u har kuni bor kuchini sarflaydi. Rahmat, Antonio!”, - deydi De Laurentis.

Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin Konte klubdagi birinchi yilidayoq “Napoli” bilan A Seriyani yutgan edi. O'tgan mavsum neapolliklar o'z natijalariga ko'ra chempionatda 10-o'rinni egallagan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting