“Napoli” Konteni jamoada saqlab qolish uchun uning maoshini oshirishni taklif qildi
FOTO: Getty Images
Italiyaning “Napoli” klubi bosh murabbiy Antonio Konteni jamoada saqlab qolish uchun uning hozirgi maoshini oshirishni taklif qildi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
“Prezident De Laurentis qo'lidan kelgan barcha ishni qilmoqda, Kevin De Bruyne kabi muhim o'yinchilarni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi va Konteni klubda saqlab qolish uchun yuqori maosh taklif qilmoqda”, - deb yozadi Romano.
Ma'lumot uchun, “Napoli” o'tgan mavsum Italiya chempionligini qo'lga kiritdi. Jamoa “Inter”dan bir ochko ko'p jamg'argan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist