\"Napoli\" Duran-ni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
Photo: Getty Images
"Napoli" "An-Nasr" hujumchisi Jon Duran-ga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Yagiz Sabuncuogʻlining xabariga koʻra, klub allaqachon 21 yoshli forvard transferi boʻyicha rasmiy taklif yuborgan.
Al Riyadiyah maʼlumotlariga koʻra, hujumchining kelasi mavsumda Saudiya klubida qolishi shubha ostida. Kolumbiyalik 21 yoshli futbolchining shaxsiy muammolari uning oʻyini va ruhiy holatiga taʼsir qilgan, shu sababli u ijaraga berilishi mumkin.
Duran Saudiya Arabistoniga yanvar oyida yetib keldi va "Aston Villa"dan 77 million yevro evaziga yangi jamoasiga qoʻshildi, biroq uning yangi muhitga moslashuvi oson kechmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist