locale OZ

Nagelsmann: «Ekvadorga qarshi o‘yindan xulosa chiqaramiz»

Germaniya ustozi Ekvadorga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nagelsmann: «Ekvadorga qarshi o‘yindan xulosa chiqaramiz»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
25.06.2026, Yak.
Ekvador
2
Germaniya
1

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann JCH-2026 doirasida Ekvadordan uchralgan mag‘lubiyatdan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz o‘yinni ajoyib boshladik. Afsuski, gol urganimizdan so‘ng darhol pozitsiyalarni o‘zgartirib, taktik o‘z-o‘zini yo‘q qilish bilan shug‘ullanishni boshladik. Bu vaziyatni qiyinlashtirib yubordi.

Ekvador bu bahsga borini berdi va bu yaqqol ko‘rinib turdi. Ammo mening o‘yinchilarimdan kimdir maydonda bor kuchini bermadi, deb ayta olmayman.

To‘g‘ri, mag‘lubiyat hech qachon yaxshi bo‘lmaydi, hatto mana shunday ahamiyatga ega o‘yinda ham. Biz bundan to‘g‘ri xulosa (saboq) chiqaramiz va oldinga intilamiz. Endi keyingi bosqichga yo‘l olish uchun 1/16 final uchrashuvida bor kuchimizni ishga solish muhim ahamiyatga ega", — dedi Nagelsmann.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting