locale OZ

«Biz guruh g'oliblari sifatida jazolandik». Nagelsmann — Germaniya terma jamoasining pley-offga chiqishi haqida

Germaniya ustozi musobaqa qoidalarini tanqid qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Biz guruh g'oliblari sifatida jazolandik». Nagelsmann — Germaniya terma jamoasining pley-offga chiqishi haqida
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
25.06.2026, Yak.
Ekvador
2
Germaniya
1

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann uning jamoasi noqulay ahvolda ekanini, chunki jahon chempionati — 2026 1/16 finalidagi raqibini o‘yinga 48 soatdan kamroq vaqt qolganida bilib olishini aytdi.

«O‘ylaymanki, biz guruh g‘oliblari sifatida biroz jazolandik. Potensial raqiblarni taqsimladik. Uch yoki to‘rtta o‘yinni tomosha qildim, tahlilchilar jamoasi ham shunday qildi. Biz tun bo‘yi ishlaymiz, chunki o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishni xohlaymiz, yakshanba kuni shoshilinch ravishda o‘yin rejasini tuzishga to‘g‘ri kelmasligi uchun. Buning uddasidan chiqamiz», — dedi Nagelsmann Ekvador bilan o‘yin oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

JCH-2026da ikki o‘yin natijalariga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi avval Kyurasao (7:1), so‘ng Kot-d'Ivuarni (2:1) mag‘lub etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting