locale OZ

Musiala Ekvador bilan o‘yinini o‘tkazib yuboradi – Plettenberg

Uning o‘rnida Undav maydonga tushishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Musiala Ekvador bilan o‘yinini o‘tkazib yuboradi – Plettenberg
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
25.06.2026, Yak.
Ekvador
2
Germaniya
1

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Jamol Musiala 25 iyunda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining Ekvador bilan bo‘ladigan so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, qaror futbolchi va Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman o‘rtasida muhokama qilingan. O‘yin yuklamasini boshqarish doirasida 23 yoshli yarim himoyachiga dam beriladi.

Shuningdek, Musialaning o‘rnida boshlang‘ich tarkibda "Shtutgart" yarim himoyachisi Deniz Undav maydonga tushishi xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi JCh-2026 pley-off bosqichida ishtirok etish huquqini muddatidan oldin naqd qilgan uchinchi jamoa bo‘ldi.

2-turda nemislar Kot-d’Ivuar terma jamoasi ustidan iroda ko‘rsatib, 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting