Myuller faoliyatini «Barselona»da davom ettirish variantini inkor etmadi
«Vankuver Uaytkaps» hujumchisi Tomas Myuller faoliyatini «Barselona»da davom ettirish imkoniyatini inkor etmadi.
«Men kelajagimni «Barselona»da tasavvur qila olaman. Agar meni juda yaxshi biladigan Hans-Diter Flik qoʻngʻiroq qilsa va menga «Barselona»dagi loyiha yoʻqsa, shunday variantni ko‘rib chiqishim mumkin. Bu — yuqori darajadagi klub, u yerda senda nimani kutishlarini aniq bilasan», — dedi Myuller.
Eslatib oʻtamiz, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik avvalroq ikki mavsum davomida «Bavariya»da faoliyat yuritgan.
Maʼlumot uchun, Myuller oʻtgan mavsum barcha turnirlarda 57 ta oʻyinda maydonga tushib, 16 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 6 million yevroga baholanmoqda.