«MYU» Kenan Yildiz uchun «Yuventus»ga 78 million funt toʻlashga tayyor
Turkiyalik vinger faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
FOTO: Getty Images
«Manchester Yunayted» «Yuventus» hujumchisi Kenan Yildizga qiziqish bildirmoqda va kelasi yozda uni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, mankunianliklar 20 yoshli futbolchini qoʻlga kiritish uchun turinliklarga 78 million funt sterling toʻlashga tayyor.
Qayd etilishicha, Yildizga, shuningdek, «Chelsi» va «Arsenal» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Maʼlumot uchun, turkiyalik vinger joriy mavsum barcha turnirlarda 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist