locale OZ

Muhim o'yinlar oldidan “Barselona” jiddiy yo'qotishga uchradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muhim o'yinlar oldidan “Barselona” jiddiy yo'qotishga uchradi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski La Liganing 32-turidan o'rin olgan “Selta”ga qarshi bahsda (4:3) jarohat oldi.

AS xabariga ko'ra, polshalik futbolchi “Barselona”ning bo'lajak o'yinlarida ishtirok eta olmaydi. U son paylaridan shikastlangani tahmin qilinmoqda. Bunday holatda, uning tiklanishi uchun kamida uch hafta kerak bo'ladi.

Bundan ko'rinadiki, Levandovski 26-aprel kuni bo'lib o'tadigan “Real Madrid”ga qarshi Ispaniya Kubogi finalini o'tkazib yuboradi. Shuningdek, Leva “Inter”ga qarshi bahsda ham maydonga tushishi mavhumligicha qolmoqda.

Ma'lumot uchun, Robert Levandovski joriy mavsum La Ligada 31 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting