locale OZ

Muhammad Saloh bilan kelisha olmagan “Al-Hilol” yangi hujumchi topdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Muhammad Saloh bilan kelisha olmagan “Al-Hilol” yangi hujumchi topdi
FOTO: Getty Images

Saudiyaning “Al-Hilol” klubi yozgi transferlar vaqtida ijara asosida “Galatasaroy”da o'ynayotgan “Napoli” hujumchisi Viktor Osimhenni sotib olmoqchi. Bu haqda Goal.com nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Saudiya klubi dastlab “Liverpul” vingeri Muhammad Salohga qiziqish bildirgan, biroq misrlik hujumchi “Al-Hilol”ning taklifini rad etgan va mersisaydliklar bilan yangi shartnoma imzolagan.

Qayd etilishicha, endu saudiyaliklar klublar o'rtasidagi Jahon chempionati oldidan tarkibni kuchaytirish maqsadida Osimhenni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Ma'lumot uchun, Osimhen joriy mavsum 35 ta o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting